O‘zbekistonlik taekvondochilar 8 yillik tarixni yangiladi
Sport
−
12 iyun 2023
4946Italiyaning Rim shahrida 9-11 iyun kunlari taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritish orqali terma jamoa uchun tarixiy natija qayd etdi.
Mazkur musobaqaning -68 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Ulug‘bek Rashidov oltin, +80 kilogrammda Nikita Rafalovich kumush medal bilan taqdirlandi.
Terma jamoaning qolgan a’zolari shohsupaga ko‘tarilmagan bo‘lsa ham, Parij-2024 Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolariga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, ushbu Gran-prida O‘zbekiston terma jamoasi 8 yildan so‘ng ilk bor oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bungacha hech bir Gran-prida 1 ta oltin va kumush medali qo‘lga kiritilmagan.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi