O‘zbekistonlik sportchilar qishki Universiadada qatnashadi

Sport

image

Joriy yilning 12-22 yanvar kunlari AQSHning Leyk-Plesid shahrida XXX Butunjahon qishki Universiada o‘yinlari o‘tkaziladi. Dunyoning 50 dan ortiq davlatidan sportchilar qatnashadigan musobaqalarda O‘zbekiston vakillarining ham ishtiroki ko‘zda tutilgan. 

O‘zbekistonlik sportchilar tog‘ chang‘isi, snoubord va figurali uchish kabi sport turlarida mamlakat sharafini himoya qiladi. Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi 13 nafar atlet bilan okean ortiga yo‘l oladi. 

Tog‘ chang‘isi:

Ra’no Imonqulova;
Muhammadali Asanov;
Arman Gayupov;
Medet Nazarov;
Rolan Raimqulov;
Oqilbek Buxorboyev.

Snoubord:

Dinara Jubayeva;
Begzodbek Isroilov;
Elnur Mirzaliyev;
Ruslan Mirzaliyev;
Aziz Saparbayev.

Figurali uchish:

Azizmurod Shabazov;
Niginabonu Jamoliddinova.

Ma’lumot uchun, delegatsiya 10 yanvar kuni AQSHga jo‘nab ketadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSH Universiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing