O‘zbekistonlik shifokorlar Qatarga bepul sayohat qilishi mumkin

Olam

image

Qatarning Qatar Airways milliy aviakompaniyasi koronavirus pandemiyasi davrida qilgan ishlari uchun minnatdorchilik sifatida dunyoning turli mamlakatlaridagi, shu jumladan o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlariga bepul 100 ming dona chipta ajratdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Endi pandemiyaga qarshi kurashgan uchun biron bir narsa berish bizning navbatimiz. Bu jasur kasb egalari qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirishga til ojizdir. Ammo bizning kichik taklifimiz ularga munosib dam olishga imkon beradi, degan umiddamiz. Ular endi oilalari yoki do‘stlari bilan birga Qatarga tashrif buyurishlari va ular orzu qilgan sayohatni amalga oshirishlari mumkin“, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Ta’kidlanishicha, har bir mamlakat aholisiga qarab o‘z kvotalari bo‘yicha kvota olish huquqiga ega bo‘ladi. Dunyo bo‘ylab shifokorlar, hamshiralar, farmatsevtlar va tibbiy laboratoriya xodimlari bepul sayohat qilish uchun ariza berishlari mumkin. Barcha tibbiyot xodimlari ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng aeroportda taqdim etishlari uchun kasblarini tasdiqlovchi sertifikatlarga ega bo‘lishlari kerak.

Aksiya 12 may kuni soat 03:00 da boshlangan va Toshkent vaqti vaqti bilan 19 may soat 03:00 gacha davom etadi. Ushbu davr mobaynida ishtirokchilar Qatar Airways veb-saytida ro‘yxatdan ўтишлари kerak. Shundan so‘ng, kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan odamga ekonom klassda bepul sayohat uchun pochtadan promo-kod yuboradi.

Ta’kidlanishicha, Qatar Airways aksiya qatnashuvchilariga Dohadagi Hamad xalqaro aeroportidagi barcha Duty Free do‘konlarida 2020 yil 31 dekabrgacha 35 foiz chegirma taqdim etadi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Pandemiya Qatar Airways Sayohat

Baholaganlar

703

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing