O‘zbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnirda mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda

Sport

image

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilayotgan “Tata Steel-2023” xalqaro turnirining navbatdagi tur o‘yinlari ortda qoldi. O‘zbekistonlik shaxmat ustalari 3-turda bitta durang va g‘alaba qayd etdi.

“Masters” guruhida ishtirok etayotgan grossmeyster Nodirbek Abdusattorov qora donalarda hindistonlik Dommardju Gukeshga qarshi dona surib, murosa yo‘lini tanladi. “Shallenger” guruhida bahslarga kirishgan Javohir Sindorov oq donalarda yana bir Hindiston vakili Rameshbabu Vayshalini mag‘lub etdi.

Ortda qolgan turlardan so‘ng har ikki o‘zbekistonlik shaxmat ustasi 1 ta g‘alaba va 2 ta durang bilan yuqori o‘rinlar uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdusattorov Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing