O‘zbekistonlik shaxmatchi tanqidlarga uchradi (video)

Sport

image

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik raqibining qo‘lini siqib qo‘ymagani muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Unga ko‘ra, “Tata Steel Challengers 2025” musobaqasining 4-turida o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev o‘yin oldidan hindistonlik raqibining qo‘lini siqib qo‘yishi kerak edi. Ammo u bunday qilmadi. Muhokamalarga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha Yoqubboyevning o‘zi izoh berar ekan, buning sababi o‘z e’tiqodi ekanligini aytdi.

“Bugun, 26 yanvar kuni men bu haqda Irina Bulmagaga aytdim. U bunga rozi bo‘ldi. Ammo o‘yin zaliga kelganimda hakamlar menga hech bo‘lmaganda “Namaste” ishorasini ko‘rsatishimni so‘radi. Divya va Vaishali bilan o‘yinlarda e’tiqodim haqida o‘yindan oldin ayta olmadim va noqulay holat yuzaga keldi”, deydi Yoqubboyev.

Ma’lumot o‘rnida, Nodirbek Yoqubboyev ushbu bahsda hindistonlik raqibiga mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekistonlik shaxmatchi turnir davomida umumiy 3 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi va turnir jadvalida 10-o‘rinni qayd etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Yoqubboev Tata Steel Challengers 2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing