O‘zbekistonlik Rossiyada 5,5 yilga qamaldi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Shermuhammad Shamsiddinov 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. O‘zbekistonlik ommaviy ravishda terrorchilik harakatlarini uyushtirishga chaqirgani uchun sudlangan.

Sud o‘zbekistonlik yigit 2016 yil iyuldan 2018 yil iyungacha tarmoqdagi sahifalariga terrorchilikni yoqlovchi, kuch ishlatish hamda terrorchilik harakatlarida ishtirok etishga chorlovchi audio va video materiallarni joylab borganini tasdiqlagan. 

RF Bosh prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Shamsiddinov 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni umumiy tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida o‘tashi belgilangan. Shuningdek, unga 3 yil davomida internetda sayt ochish va uni boshqarish taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

73

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing