O‘zbekistonlik professional bokschi Fransiya vakiliga imkoniyat qoldirmadi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Xurshid Tojiboyev faoliyatidagi navbatdagi g‘alabaga erishdi. Profringdagi 7-jangida Tojiboyev fransiyalik charm qo‘lqop ustasiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Lion shahridagi “Palais Des Sports De Gerland” arenada o‘tkazilgan boks oqshomida Tojiboyev mezbon bokschi Kaddur Hmianiga qarshi jang qilib, raqibini ketma-ket nokdaun holatiga tushirdi va 6-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Shunday qilib, Ispaniyaning “Adamas” promouterlik kompaniyasi hisoblangan Xurshid Tojiboyev profboksdagi 7-g‘alabasiga erishdi. U 7 ta jangining to‘rttasini muddatidan avval yakunlagan. Profringda 7 ta jang o‘tkazgan Fransiyalik Hmiani esa Tojiboyevdan faoliyatidagi 3-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Xurshid Tojiboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made