O‘zbekistonlik para pauerliftingchi Jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
22 avgust 2023
13105O‘zbekistonlik para pauerliftingchi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining oltin medaliga ega chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 avgust kuni Dubay shahrida start olgan para pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionati doirasida yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tgan.
E’tiborlisi, erkaklar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ohunjon Musurmonqulov 117 kilogramm natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallari Yaponiya hamda Qirg‘iziston sportchilariga nasib etdi.
Aytish joiz, bu Musurmonqulovning faoliyatidagi ilk Jahon chempionati va u debyut chiqishining o‘zida yorqin natija qayd etgan holda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-17 iyul kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionatida katta tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 17 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi