O‘zbekistonlik Osiyo chempionlari soni 9 nafarga ko‘paydi
Sport
−
26 yanvar 2023
4603Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati bahslari yakunlandi. Bugun, 26 yanvar kuni musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tdi.
10 ta vaznda g‘oliblik uchun bahsga kirishgan O‘zbekiston vakillari yakunda 9 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
-48 kg vazn toifasidagi Shodiyorjon Meliqo‘ziyev finalda qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga qarshi jang qildi va 0:4 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.
Dilshod Abdumurodov, Shahboz Yunusaliyev, Bekzod Hamidov, Nurislom Ismoilov, A’loxon Abdullayev, Jasurbek Yo‘ldoshev, Shohjahon Abdullayev, Nusrat Tohirov va Jahongir Zokirov o‘z vazn toifalarida Osiyo chempioni bo‘ldi.
E’tiborlisi, -92 kg vazn toifasidagi finalda Nusrat Tohirov Kambodja sharafini himoya qilayotgan boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Abdulla Rajabovga qarshi jang o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.
LiveBarchasi