O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyoda tengsiz bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 17-25 iyul kunlari Toshkent shahri og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. 
Qit’aning 21 mamlakati vakillari bahs olib borgan musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida umumiy hisobda peshqadamlik qildi.

Quyida chempionat yakunlari bo‘yicha eng yaxshi jamoa, sportchilar va o‘rnatilgan rekordlar bilan tanishasiz.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yetakchi bo‘lgan terma jamoalar:

Yigitlar:

1. O‘zbekiston;
2. Eron;
3. Qozog‘iston;

Qizlar:

1. Vetnam;
2. O‘zbekiston;
3. Hindiston.

Eng yaxshi yosh erkak sportchi: Do Tu Tong (Vetnam).
Eng yaxshi yosh ayol sportchi: Vanessa Sarno (Filippin).

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining jami qo‘lga kiritgan medallari 32 tani tashkil qildi. Shulardan 12 tasi oltin, 4 tasi kumush va 16 tasi bronza medallaridir. Shuningdek, bellashuvlarda  yoshlar o‘rtasidagi 2 ta Osiyo va 1 ta jahon rekordi o‘rnatildi.

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yetakchi bo‘lgan terma jamoalar:

Yigitlar:

1. O‘zbekiston;
2. Saudiya Arabistoni;
3. Qirg‘iziston.

Qizlar:

1. O‘zbekiston;
2. Hindiston;
3. Vetnam;

Eng yaxshi o‘smir erkak sportchi: K Duong (Vetnam).
Eng yaxshi o‘smir ayol sportchi: Anjelin Koloniya (Filippin).

Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik o‘smir atletlar 13 ta oltin, 13 ta kumush va 14 ta bronza medallariga ega chiqdi. Musobaqalar davomida, o‘smirlar o‘rtasidagi 8 ta Osiyo va 7 ta  jahon rekordi yangilandi.


Maqola muallifi

Teglar

og'ir atletika

Baholaganlar

44

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing