O‘zbekistonlik mutaxassis Rossiya klubi murabbiyiga aylandi

Sport

image

O‘zbekistonlik sobiq futbolchi, hozirgi vaqtda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Andrey Fyodorov Qozonning “Rubin-2” jamoasiga katta murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Fyodorov klub bosh murabbiyi turkiyalik Go‘kdeniz Karadenizga yordam beradi.

Qayd etish joiz, “Rubin-2” jamoasi Rossiya 2-divizioni klubi hisoblanadi. “Rubin”ning asosiy jamoasida esa ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, 52 yoshli Andrey Fyodorov futbolchilik faoliyati davomida ham “Rubin” sharafini himoya qilgan. U 2000-2008 yillarda Qozon klubida to‘p tepgan va 2008 yilda klub bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Fyodorov “Rubin”da jami 127 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andrey Fyodorov Rubin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing