O‘zbekistonlik mutaxassis Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

Sport

image

Sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro toifadagi o‘zbekistonlik hakam Ravshanbek Mirzayev Parij-2024 Olimpiadasida faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar ro‘yxatiga Ravshanbek Mirzayev ham kiritilgan. U Parij-2024 bellashuvlarida dunyoning eng kuchli atletlari ishtirokidagi bahslarni baholab boradi.

Bungacha Mirzayev sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionatlarida hakamlik qilgan. Endi u hakamlik faoliyati davomida birinchi marta Olimpiada bahslarida ish olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Sport gimnastikasi Ravshanbek Mirzaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made