O‘zbekistonlik kirakash mashhur sportchi qizni zo‘rlashga urindi

Olam

image

Moskvada o‘zbekistonlik kirakash badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya sport ustasini zo‘rlashga urindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 27 aprel kuni kechasi 22 yoshli taksi haydovchisi 25 yoshli sportchi qizga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlarni amalga oshirishga uringan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Sportchi qiz avtomobilni o‘z vaqtida tark etishga ulgurgani sababli jabrlanmagan. Ammo u avtomobilda sumkasini qoldirib ketgan, haydovchi uni o‘ziga olishga qaror qilib, 30 ming rubllik o‘g‘rilikni sodir etgan. 

O‘zbekistonlik erkakka “zo‘rlashga suiqasd qilish” va “o‘g‘rilik” moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, sportchi qiz BostonCup xalqaro musobaqasining mutlaq chempioni, Rossiya jamoaviy birinchiligi sovrindori hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva taksi zo'rlash

Baholaganlar

432

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing