O‘zbekistonlik kiberjinoyat uchun AQSH sanksiyasiga uchradi
Olam
−
06 dekabr 2019
6064AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning oltita kompaniyasi va Evil Corp. (Dridex gang nomi bilan tanilgan) xakerlar guruhiga qarshi sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi. Sanksiyalar ushbu xakerlar guruhiga aloqador 17 nafar shaxsga nisbatan ham kiritildi. Ular orasida Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Moldova, Gretsiya, Isroil va Ispaniya fuqarolari bor.
Sanksiyaga ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar va tashkilotlarning AQSH yurisdiksiyasidagi barcha aktivlari muzlatib qo‘yilishi kerak, AQSH fuqarolari va Amerika kompaniyalariga ular bilan bitimlar tuzish taqiqlanadi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Evil Corp. 40 dan ortiq mamlakatlardagi uch yuzta bank hamda va moliyaviy kompaniyalardagi kompyuterlarga zarar yetkazish uchun ishlatilgan Dridex dasturini ishlab chiqish hamda tarqatish uchun javobgar. Dasturning tarqalishi natijasida 100 million dollardan ortiq pul o‘g‘irlangan.
AQSH Moliya vazirligi rahbari Stiven Mnuchin Evil Corp.’ni kiberjinoyatchilik sohasidagi eng qudratli tashkilotlardan biri deb atadi.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilganlar orasida Moliya vazirligi xakerlik guruhining rahbari deb hisoblayotgan Maksim Yakubets ham bor. AQSH Moliya vazirligi xabarida Yakubetsning FXX (FSB) bilan hamkorlik qilishi ko‘rsatilgan.
Moliya vazirligi Davlat departamenti Evil Corp. yetakchisini qo‘lga olishga yordam beruvchi ma’lumot uchun 5 mln dollar mukofot e’lon qildi.
Bundan tashqari, AQSH Moliya vazirligi Evil Corp.`ga aloqador deb hisoblagan boshqa shaxslarga nisbatan ham sanksiyalar joriy etildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ularning ba’zilari guruhda rahbarlik vazifalarini bajargan, boshqalari o‘g‘irlangan pullarni olib chiqib ketishga yordam bergan.
LiveBarchasi