O‘zbekistonlik karatechi Jahon chempioni bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 20 noyabr kuni BAA davlatining Dubay shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Dostonbek Otabolayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida 75 kg vazn toifasidagi finalda sport yakkakurashlari bo‘yicha oliy sport mahorati maktabi sportchisi Dostonbek Otabolayev AQSH vakili Tomas Skott ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tarixiy g‘alabani taqdim etdi. Chunki bunga qadar hech bir o‘zbek karate vakili JCH oltin medalini qo‘lga kiritmagan edi.

Musobaqada dunyoning 104 davlatidan jami 983 nafar sportchi g‘oliblik uchun tatamiga chiqdi. Ushbu Jahon chempionatiga O‘tkam Bekpo‘latov boshchiligida 15 nafar o‘zbekistonlik karate ustalari jo‘nab ketgan edi.

Eslatib o‘tamiz, karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 23 noyabr kuni Njirtynuf qaytib kelishadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Dubay BAA Jahon chempionati Dostonbek Otabolaev Karate WKF

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing