O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyadan qaytdi (video)
Jamiyat
−
25 fevral 2023
8848Turkiyada 18 kunlik muvaffaqiyatli qidiruv-qutqaruv ishlaridan so‘ng Favqulodda vaziyatlar vazirligining otryadi O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 25 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari, favqulodda vaziyatlar vaziri va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubiy-sharqiy viloyatlarida dahshatli zilzila sabab o‘n minglab insonlar halok bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi tabiiy ofat o‘chog‘i, ya’ni Hatay viloyatiga jo‘natildi. Otryad ishtirokidagi qutqaruv operatsiyasi 2 haftadan ko‘proq davom etdi va shu vaqt ichida qutqaruvchi yigitlar vayronalar ostidan 18 nafar tirik odam va 200 ga yaqin jasadlarni olib chiqdi.
LiveBarchasi