O‘zbekistonlik qiz UFC`dagi debyutida mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
24 Oktabr 2020 9923 1 daqiqa
Bugun, 24 oktyabr kuni yilning eng shov-shuvli jangi o‘tadigan Abu-Dabidagi navbatdagi UFC 254 musobaqasida o‘zbekistonlik jangchi Liliya Shakirova o‘zining debyutini o‘tkazdi.
Amerikalik katta tajribaga ega Loren Myorfi bilan jangda Liliya Shakirova mag‘lubiyatga uchradi. Jang 2-raundda nihoyasiga yetdi.
Ma’lumot uchun, Liliya MDH va Xitoyda ko‘plab musobaqalarida qatnashgan: W.A.R.S, Fight night Global, GFC. Uning hozirgi rekord ko‘rsatkichi 8-1 va bir yildan beri u oktagonga chiqqani yo‘q. Sportchi ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi, shundan 2 tasida u texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
U flyweight divizionida Valentina Shevchenko boshchiligidagi uch vazn toifasida debyut qiladi. Liliya uchun bo‘lajak jang oson yurish bo‘lmaydi: uning raqibi Loren Myorfi 4-o‘rinni egallab turibdi. U AQSHdan kelgan tajribali jangchi, bu jang uning uchun 18-si bo‘ladi. Loren 37 yoshda va UFC’da 9 ta jang o‘tkazgan. Jiddiy yoshiga qaramay, Loren juda faol, bu uning 2020 yildagi uchinchi jangidir. U so‘nggi jangni iyul oyida o‘tkazdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025