O‘zbekistonlik qilichbozlar Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Sport
−
06 mart 2023
3738Ayni kunlarda Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqada turli yo‘nalishdagi bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.
Turnirning dastlabki kunida sablyadagi janglarda ushbu sport turida o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni hisoblangan Zuhriddin Qodirov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir O‘zbekiston vakili sablya bahslarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, terma jamoa hisobiga 2-oltin medalni taqdim qildi, shuningdek, bellashuvlarda Nargiza Jaksibayeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
5 mart kungi jamoaviy bahslarda Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva, Ayako‘z Jumamuratova hamda Dilnaz Usnatdinova kvarteti finalda Qozog‘iston jamoasini 45:21 hisobida mag‘lub etdi.
Shunday qilib, hozircha O‘zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bahslar 9 martgacha davom etadi.
LiveBarchasi