O‘zbekistonlik ishchi Japarov uchun qurilayotgan saroydan qulab tushdi

Olam

image

O‘zbekistonlik erkak Qirg‘izistonda qurilishi davom etayotgan Prezident Administratsiyasi binosidan qulab tushdi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi

Qayd etilishicha, voqea kecha, 6 avgust kuni Bishkek shahri Lenin tumani Chingiz Aytmatov ko‘chasida qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan. 30 yoshli O‘zbekistonlik erkak janjallashib qolishi oqibatida yiqilgani aytilmoqda. Hozirda u 4-sonli Bishkek shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida davolanmoqda. 

Holat yuzasidan tegrov harakatlari boshlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahridagi qurilish maydonida o‘zbekistonlik ishchi ustiga yog‘och shift qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgandi. Shuningdek, Rossiyada 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tomdan yiqilib, halok bo‘lgan.

Oldinroq, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘zi uchun qurilayotgan yangi saroyda Dubaydan kelgan quruvchilar ishlayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qurilish Qirg'iziston O'zbekistonlik saroy Japarov ishchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made