O‘zbekistonlik ikki futzalchi YTHda halok bo‘ldi

3-sahifa

image

O‘zbekistonlik ikki futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Futbol assotsiatsiyasi matbuot xodimi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 15 iyul kuni Jizzax viloyatining “Jizzax Nur” va Sirdaryo viloyatining “Guliston” jamoalari o‘rtasida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga ketayotgan 27 yoshli futzalchi Jasur Abdulakimov boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomobili va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Hodisa oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan 27 yoshli Jasur Abdulakimov va Shahzod Siddiqov vafot etgan. Shuningdek, ular bilan birga mashinada bo‘lgan jamoadoshi 18 yoshli Davlat Ibragimov olgan tan jarohatlari bilan viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Hozirda uning axvoli o‘ta og‘irligi aytilmoqda. 

Mazkur YTHdagi ikkinchi ishtirokchi mashina va uning yo‘lovchilari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing