O‘zbekistonlik ikki futbolchi JCH saralashining ramziy jamoasiga kiritildi

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Otabek Shukurov va Husniddin Aliqulov Jahon chempionati saralashining 3-bosqich 4-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi. Bu haqda “SofaScore” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Shukurovning BAA bilan o‘yindagi harakatlari 8,1 ballga, Aliqulovniki esa 7,9 ballga loyiq ko‘rilgan. Shuningdek, Shukurov uchrashuvdagi yagona golga ham mualliflik qilgan. 

Ramziy terma jamoaga O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston, Eron va Iordaniya terma jamoalaridan ikki nafardan futbolchi kiritildi. Qatar va KXDR jamoalaridan bir futbolchi ramziy jamoadan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Otabek Shukurov BAA bilan o‘yindagi penalti tepish jarayoni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

Shukurovga ko‘ra, dastlab u penaltini o‘ng tomonga yo‘llamoqchi bo‘lgan, biroq oxirgi pallada qarorini o‘zgartirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov Jahon chempionati Husniddin Aliqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing