O‘zbekistonlik IIB xodimi jiu-jitsu bo‘yicha Jahon chempioni bo‘ldi
Sport
−
22 iyun 2023
6931O‘zbekistonlik Ichki ishlar bo‘limi xodimi Isroilda bo‘lib o‘tgan jiu-jitsu bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, joriy yilning 16-18 iyun kunlari Isroilning Bear-Sheva shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha professionallar o‘rtasida Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tgan.
Musobaqada O‘zbekiston nomidan Toshkent viloyati IIBB 4-mintaqaviy hudud patrul-post xizmati xodimi safdor Sarvarbek Rahmonberdiyev ishtirok etib, 56 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni egallagan va oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Rahmonberdiyev kecha, 21 iyun kuni viloyat IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirokida aeroportda tantanali kutib olingan.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi