O‘zbekistonlik futzalchilar O‘FA rahbariyati bilan uchrashdi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Litvada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futzalchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, futzal delegatsiyasi rahbari Jahongir Usmonov hamda assotsiatsiya bosh kotibi Avaz Maksumov ishtirok etdi.

Ravshan Ermatov futzalchilarni O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov va butun futbol jamoatchiligi nomidan mundialda qayd etilgan tarixiy natija bilan tabrikladi. 

Bundan tashqari,  O‘zbekiston futzal terma jamoasining ancha yosh bo‘lganligi sababli keyingi musobaqalarda  yanada yuqori natijalar qayd etishlari aytib o‘tildi. O‘z navbatida, jamoa nomidan terma jamoa sardori Rustam Umarov O‘FAga e’tibor uchun minnatdorchilik bildirgan holda assotsiatsiya muzeyiga esdalik sovg‘asini topshirdi. Tadbir yakunida futzalchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futzalchilar yil boshidan beri Tailand, Ispaniya va Portugaliyada yig‘inlar o‘tkazdi, o‘z qit’asida yetakchi hisoblangan va jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Eron, Marokash va Venesuela kabi jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishdi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘z tarixida ikkinchi bor JCHda ishtirok etdi va nimchorak finalda o‘z ishtirokini yakunladi. Eronga qarshi uchrashuvda 8:9 hisobida mag‘lub bo‘lgan Bahodir Ahmedov shogirdlari ilk bor forslar darvozasiga bir o‘yinda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Litva Jahon chempionati FIFA futzal

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing