O‘zbekistonlik futbolchi Turkiyadagi jabrlanganlarga yordam ko‘rsatdi (video)
Sport
−
20 fevral 2023
12301Turkiyaning “Fotih Karagyumruk” klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Otabek Shukurov Hataydagi qutqaruv ishlarida ishtirok etdi. Bu haqda futbolchi o‘z Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Qardoshlarimiz uchun shu yerdamiz. Dardingiz-dardimiz!” deb yozib qoldirdi Shukurov o‘z sahifasida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Otabek Shukurov va yana bir necha o‘zbekistonliklar Hatayga borib, zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam bergan.
Eslatib o‘tamiz, zilzila oqibatida hozirgi vaqtda har qanday yirik sport tadbirlari kabi futbol bo‘yicha Turkiya Superligasi ham bekor qilindi. Turkiyaning janubidagi “Hatayspor” va “G‘oziantep” klublari vayronagarchiliklar tufayli uy uchrashuvlarini o‘tkazish imkoni bo‘lmagani haqida xabar berdi va mazkur klublar mamlakat chempionatidagi ishtirokini muddatidan avval yakunladi.
LiveBarchasi