O‘zbekistonlik futbol hakamlari 3 oydan beri gonorar olmayotgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
16:19
2858O‘zbekistonda futbol mavsumi yakunlangan bo‘lsa ham, hamon mamlakat ligalarida faoliyat yurituvchi hakamlarning oylik gonorarlari to‘lab berilmagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi marta O‘zbekiston Superligasi, Pro-liga va ayollar ligasida faoliyat olib boruvchi hakamlar sentyabr oyida gonorar olgan. Hakamlarning oktyabr, noyabr va dekabr oylari uchun gonorarlari hali to‘lanmagan.
“Yangi yil kirishiga 10 kun qoldi. Hakamlarga oktyabr oyidagi o‘yinlar uchun haligacha gonorar to‘lanmabdi. Bu qanaqa munosabat? Tashkilot bermasa, boshqa joydan olishi kerakmi?”, deydi futbol jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev.
Holat yuzasidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hozircha rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.
LiveBarchasi