O‘zbekistonlik FIFA instruktori Jahon chempionatida hakam nazoratchisi sifatida ishlaydi
Sport
−
23 may 2019
3405Bugun Polshada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Jahon chempionati boshlanadi. Mazkur kichik mundialda ishtirok etish uchun O‘zbekistondan hakam Ilgiz Tantashev taklif etilgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Tantashevdan tashqari яна bir o‘zbekistonlik ФИФА instruktori Farhod Abdullayev ham Jahon chempionati o‘yinlarida hakam nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.
Bugun “B” guruhidan o‘rin olgan 1-tur o‘yinida Meksika terma jamoasi Italiyaga qarshi bahs olib boradi. Farhod Abdullayev mazkur uchrashuvda hakamlar ishini nazorat qiladi. O‘yinni braziliyalik referi Rafael Klaus boshqaradi. Unga qanotlarda Danilo Simon Manis va Bruno Peresлар yordam berishadi. To‘rtinchi hakam Gonsales Kabrera (Urugvay).
U-20 Jahon chempionati
“B” guruhi
Meksika – Italiya
Bosh hakam: Rafael Klaus (Braziliya)
Yon hakamlar: Danilo Simon Manis va Bruno Peres (Braziliya)
To‘rtinchi hakam: Gonsales Kabrera (Urugvay)
Hakam nazoratchisi: Farhod Abdullayev (O‘zbekiston)
LiveBarchasi