O‘zbekistonlik erkak Rossiyada 62 ta olmos bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
26 iyul 2023
7400O‘zbekistonlik 39 yashar erkak ichki kiyimlariga 62 ta olmosni yashirib, Rossiya hududiga kirmoqchi bo‘ldi. U “Vnukovo” aeroporti bojxonachilari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, erkak Rossiyaga Birlashgan Arab Amirliklaridan uchib kelgan.
“Vnukovo” bojxonachilari BAAdan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosining ichki kiyimida sochilib ketgan olmoslarni aniqladi. Nazoratdan yashirilgan tovarlarni ixtiyoriy ravishda berish taklifiga erkak “yo‘q”, deb javob berdi. Biroq fuqaroni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida bojxona xodimi uning ichki kiyimida shaffof toshlar sochilgan kesh va 62 dona shaffof va ko‘k rangdagi yirik toshlar borligini aniqladi. 60 dan ortiq qimmatbaho toshlarning bozor qiymati 5 million rubldan oshdi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yo‘lovchining chamadonining ichida Apple, Samsung va Sony kompaniyalarining turli mahsulotlari solingan 13 ta quti, shuningdek, qimmatbaho toshlar uchun ularning kelib chiqishi va sifat xususiyatlarini tasdiqlovchi 40 ta sertifikat borligi aniqlangan.
Tekshiruvdan so‘ng erkak BAAning yirik aviakompaniyalaridan birining xodimi ekanini va qarindoshlarini ko‘rish uchun Moskvaga uchib kelganini tushuntirgan. U bojxona qoidalari bilan qisman tanishligini, sovg‘a sifatida olib yurgan tovarlarning narxi esa 17 ming dollardan oshmaganini aytgan.
Erkak strategik ahamiyatga ega tovarlar va resurslar kontrabandasida ayblanib, yetti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
LiveBarchasi