O‘zbekistonlik dzyudochilar Jahon chempionatida bir kunda 3 ta medal yutdi

Sport

−

image

Kecha, 26 avgust kuni Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahri mezbonligida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik dzyudochilar ham omadli ishtirok etib, 3 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib kelgan Alisher Samanov (-81 kg vazn toifasi)  kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Xurshida Razzoqberdiyeva (-63 kg) va Samariddin Muhbiddinov (-73 kg) jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush, 3 ta bronza medali jamg‘arib, umumjamoa hisobida 10-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing