O‘zbekistonlik dzyudochilar nufuzli turnirda ikkinchi bo‘ldi
Sport
−
30 yanvar
3705Portugaliyaning Odivelash shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha yilning ilk Gran-Pri turniri yakunlandi. Musobaqada qatnashgan o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Erkaklardan -60 kg vaznda Dilshod Baratov oltin, ayollardan -52 kg da Diyora Keldiyorova oltin va -70 kg da Gulnoza Matniyozova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joiz, musobaqada dunyoning 90 ta mamlakatidan sportchilar ishtirok etdi. Umumjamoa hisobida 1-o‘rinni dzyudo vatani bo‘lmish Yaponiya jamoasi qo‘lga kiritdi.
Endi o‘zbekistonlik dzyudochilar 2-4 fevral kunlari Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qiladigan “Katta Dubulg‘a” turnirida ishtirok etadi. Ayni damda musobaqada qatnashish uchun 111 mamlakatdan 667 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tgan.
LiveBarchasi