O‘zbekistonlik dzyudochi xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
28 yanvar 2023
5982Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri musobaqasining 1-kuni yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani oltin medal bilan boshladi.
-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muhriddin Tilolov kun bahslari yakunida oltin medalga ega chiqdi. Finalda Tilolov ikki karra Olimpiada sovrindori koreyalik An Baulni mag‘lubiyatga uchratdi.
Ta’kidlash joiz, Almada Gran-prisida 81 ta mamlakatdan jami 544 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar dzyudochisi bahslarga kirishadi. Musobaqa 29 yanvarga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Muhriddin Tilolov shu vaqtga qadar 2016 yilgi Toshkent Gran-prisida ham g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi