O‘zbekistonlik dzyudochi “Katta dubulg‘a” turnirida g‘olib bo‘ldi
Sport
−
24 mart
2032Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri o‘z yakuniga yetdi. -90 kg vazn toifasida kechgan bahslarda o‘zbekistonlik Umar Bozorov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Olimpiada va jahon chempionati sovrindorlari jam bo‘lgan mazkur vaznda Bozorov ajoyib ishtiroki bilan ajralib turdi. Bozorov finalda fransiyalik Aleksis Metyudan ustun keldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Dastlabki kun bahslarida -66 kg vazn toifasidagi Azizbek Ortiqov hamda Abdurahim Nutfullayev bronza medalini jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
LiveBarchasi