O‘zbekistonlik dzyudochi qiz xalqaro turnirda ishtirok etadi
Sport
−
13 fevral 2023
4967Joriy yilning 16-18 fevral kunlari Isroil poytaxti Tel-Aviv shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Gulnoza Matniyozova ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar berdi.
Gulnoza Matniyozova -70 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Murabbiylar shtabi erkaklar va ayollar terma jamoalarini 3-5 mart kunlari Toshkentda o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turniriga tayyorlamoqda. Shu bois asosiy e’tibor O‘zbekistonda o‘tadigan musobaqaga qaratilgan.
Ma’lumot uchun, Isroil mezbonlik qiladigan turnirda 56 mamlakatdan 400 nafardan ortiq sportchi qatnashishi kutilmoqda. O‘z vazn toifasida g‘alaba qozongan dzyudochi jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yo‘lida esa 500 ochkoga ega bo‘ladi.
LiveBarchasi