O‘zbekistonlik chang‘ichilar xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Sport
−
03 fevral 2023
2989Ayni kunlarda Qirg‘izistonda tog‘ chang‘isi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi o‘z sahifasida xabar berdi.
Turnirda Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi terma jamoalar o‘zaro bahs olib boryapti. Bir qator o‘zbekistonliklar turli yo‘nalishlarda shohsupaga ko‘tarilishga ulgurdi. Jumladan, Pxyonchxan-2018 va Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Komiljon To‘xtayev gigant-slalom dasturida birinchi o‘rinni egalladi. Arman Gayupov va Valeriya Kovalyova esa turnirda 3-o‘rinni band etdi.
Gigant-slalom, erkaklar:
1. Komiljon To‘xtayev (O‘zbekiston);
2. Zaxar Kuchin (Qozog‘iston);
3. Arman Gayupov (O‘zbekiston).
Ayollar:
1. Yana Meling (Qozog‘iston);
2. Albina Ivanova (Qirg‘iziston);
3. Valeriya Kovalyova (O‘zbekiston).