O‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatini 13 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

Chernogoriyaning Budva shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bir necha kun davom etgan shiddatli bahslar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medalni jamg‘ardi.

Shundan 5 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalga ega chiqqan yigitlar jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni band etdi. Qizlar jamoasi esa 3 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishni uddaladi.

Barcha g‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

-48 kg: Sayfiddin Sobirov;
-57 kg: Samandar Olimov;
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov;
-86 kg: Akmaljon Isroilov;
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev.

Kumush medal:

-75 kg: Jafarbek Shaxbozov;
+92 kg: Shahzod Polvonov;
-48 kg: Jasmin Tohirova;
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva;
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova.

Bronza medal:

-54 kg: Sobirjon Tastanov;
-71 kg: Muhammad Azizbek Ismoilov;
-70 kg: Oysha Toirova.


Maqola muallifi

Teglar

boks Jahon chempionati Chernogoriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing