O‘zbekistonlik bokschilar WBA reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?

Sport

−

image

Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA'ning aprel oyi bo‘yicha reytingi e’lon qilindi. Yangilangan reytingda bir qator o‘zbekistonlik bokschilar yuqorilashga erishdi.

Jumladan, super yengil vaznda Shohjahon Ergashev 7-o‘rindan 6-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev olti pog‘ona yuqorilab, 6-o‘rindan joy oldi. 

Yarim yengil vaznda WBA kamari uchun majburiy da’vogar Otabek Xolmatov reytingda 1-o‘rinda bormoqda. Minimal vaznda Hasanboy Do‘smatov esa 2-o‘rinni egallagan. 

WBA reytingida o‘zbekistonlik bokschilarning egallagan o‘rinlari:

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) – 1-o‘rin;

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) – 2-o‘rin;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) – 3-o‘rin;

Shohjahon Ergashev (super yengil vazn) – 6-o‘rin (o‘tgan oyda 7-o‘rin);

Botir Ahmedov (super yengil vazn) – 3-o‘rin;

Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn) – 5-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) – 1-o‘rin;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) – 6-o‘rin (o‘tgan oyda 12-o‘rin).


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing