Virus sabab boks musobaqasi qoldirildi
Sport
−
23 yanvar 2020
6771Joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa o‘tkazilishi kerak edi. Kuni kecha, ushbu musobaqa bekor qilingani haqida ma’lum qilindi. Bunga aynan Uxan shahrida hayot uchun xavfli koronavirusning tarqalishi sabab bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
Endilikda ushbu turnir Xitoyning boshqa bir shahrida yoki umuman boshqa davlatda o‘tkazilishi mumkin. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sha’feligida o‘tadigan litsenzion musobaqa qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi tez kunlarda ma’lum qilinishi aytildi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 17 yanvar Xitoyga yo‘l olgan edi. Ayni paytda o‘zbekistonlik bokschilar Uishan shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotini o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa faqat Osiyo-Okeaniya hududidagi davlatlar bokschilari uchun joriy yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmalar taqdim etilar edi.
Ma’lumot uchun, bugungacha Xitoyda yani koronavirusdan kasallangan 17 kishi halok bo‘ldi. Umumiy kasallanganlar soni esa 571 nafarga yetdi.
LiveBarchasi