O‘zbekistonlik bokschilar Parij Olimpiadasiga qanday yo‘llanma oladi?

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschilar Parij-2024 Olimpiadasiga Xanchjouda o‘tadigan Osiyo o‘yinlari va yana 2 ta qo‘shimcha litsenzion turnir orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Osiyo o‘yinlarining boks dasturida 34 ta (14 ta erkaklar va 20 ta ayollar vazn toifalarida) litsenziya o‘ynaladi. Boks bahslari 23 sentyabrdan 8 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, shu yil Busto-Arsitsioda o‘tkaziladigan jahon litsenzion turnirida 49 ta, Bangkokdagi yana bir turnirda 51 ta yo‘llanma o‘ynaladi. 

Busto-Arsitsiodagi turnir 29 fevraldan 2 martga qadar o‘tkazilsa, Bangkok musobaqasi 23 maydan 3 iyungacha bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Milliy Olimpiya qo'mitasi Parij-2024 Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing