O‘zbekistonlik bokschilar xalqaro turnirga jo‘nab ketdi
Sport
−
22 may 2023
9600Joriy yilning 22-26 may kunlari Polshaning Pultusk shahrida boks bo‘yicha Feliks Shtamm 38-an’anaviy xalqaro turniri tashkil etiladi. Musobaqada O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etadi.
Kecha, 21 may kuni O‘zbekiston jamoasi Polshaga jo‘nab ketdi.
Bokschilar tarkibi:
-51 kg: Asilbek Jalilov;
-51 kg: Abdumajid Mannopov;
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev;
-60 kg: Dilshod Abdumurodov;
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov;
-67 kg: Shahboz Yunusaliyev;
-71 kg: Nurislom Ismoilov;
-71 kg: Baxtiyorjon G‘ofurov;
-75 kg: Havasbek Asadullayev;
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev;
-80 kg: Rahmatillo Boymatov;
-86 kg: Samandar Jalolov;
-92 kg: Nusratbek Tohirov.
Murabbiylar: Jasurbek Qurbonov, Akmal Hasanov, Ozod Hasanov, Farrux Qilichev.
Shifokor: Xurshid Mirgaliyev.
O‘zbekistonlik O‘ktam Bozorov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.