O‘zbekistonlik bokschilar Quvaytdan 10 ta oltin medal bilan qaytyapti

Sport

image

Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa 14 vazn toifasida o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 12 tasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari finalga chiqqan. 

O‘zbekistonlik 12 nafar bokschidan 10 nafari final jangida g‘alaba qozonib, o‘z vazn toifasida Osiyo chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu qit’a birinchiligida 10 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallari bilan mamlakatga qaytib kelishadi. 

Kecha, 8 avgust kuni o‘tkazilgan final janglarining natijalari:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Bekzat Ergeshov (Qirg‘iziston)
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Aryan (Hindiston)
-40 kg: Farrux To‘laganov – Alisher O‘rozboyev (Turkmaniston)
-43 kg: Umidillo Abdurasulov – Dovlet Nurmurodov (Turkmaniston)
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Lofranso Reymond (Filippin)
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov – Vishvakarma Vinay (Hindiston)
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Amangeldi Maksudov (Qirg‘iziston)
-55 kg: Jahongir Narziyev – Malik Prit (Hindiston)
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Singx Yashvardxan (Hindiston)
-61 kg: Mirzob Nekboyev – Viktor Litvinov (Qozog‘iston)
-64 kg: Shavkatjon Boltayev – Saini Guarov (Hindiston)
-67 kg: Shahboz Hamidullayev – Batirxan Boltayev (Qozog‘iston)

Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilar:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov
-40 kg: Farrux To‘laganov
-43 kg: Umidillo Abdurasulov
-46 kg: Boburbek Bobojonov
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov
-52 kg: Dalerjon Bozorov
-55 kg: Jahongir Narziyev
-61 kg: Mirzob Nekboyev
-64 kg: Shavkatjon Boltayev

Kumush medal egalari:
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
-67 kg: Shahboz Hamidullayev

Bronza medal egalari:
-70 kg: Aynazar Kenesbayev
+70 kg: Husanboy Rihsiboyev 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Boks Quvayt

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing