O‘zbekistonlik bokschilar Qozog‘istondagi turnirda 7 medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Joriy yilning 27 iyun — 2 iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida xalqaro "Yelorda kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 10 dan ortiq mamlakatdan 200 nafarga yaqin bokschi qatnashdi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham 14 nafar sportchi bilan katta tarkibda ishtirok etdi.

Turnirni 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi bronza medali bilan yakunlagan bo‘lsa, 4 nafari musobaqa finaliga qadar yetib bordi. Final bahsi yakuniga ko‘ra, terma jamoa bokschilari 3 ta oltin va 1 ta kumush medaliga ega chiqdi.

Ulardan Dilshod Abdumurodov (-60 kg), Havasbek Asadullayev (-71 kg) va Jahongir Zokirov (+92 kg) oltin, Jasurbek Yo‘ldoshev (-80 kg) kumush, Asilbek Jalilov (51 kg), To‘rabek Xabibullayev (-80 kg) hamda Nusratbek Tohirov (-92 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu bilan O‘zbekiston vakillari umumiy hisobda 7 ta (3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) medal bilan Qozog‘iston safarini yakunladi.

Mazkur musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilar 700, kumush medal 400 va bronza medali egalari 200 dollarlik mukofot puli bilan uyga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston boks Elorda kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing