O‘zbekistonlik bokschilar “Gubernator kubogi”da 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
25 aprel 2021
13187Kecha, 24 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha “Gubernator kubogi” yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi jami 6 ta– 1 ta bronza, 1 ta kumush va 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kecha final janglarida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik 5 sportchining 4 nafari g‘alaba qozondi.
-69 kg vazn toifasida ishtirok etgan Bobousmon Baturov yarim finalda qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga yutqazib bronza medali bilan kifoyalandi.
Finalda Nodirjon Mirzahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg) Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) o‘z raqiblarini yengib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi, Abdumalik Xalakov (-60 kg) esa rossiyalik Albert Batirgaziyevga yengildi.
Bahodir Jalolov finalda musobaqa mezbonlaridan biri Ivan Veryasovni nokautga uchratib, turnirni yakunlab berdi.
Turnirda Rossiya 4 ta oltin, 6 ta kumush medal jamg‘ardi. Qozog‘iston 2 ta oltin medal bilan uchinchi bo‘ldi.
LiveBarchasi