O‘zbekistonlik bokschilar Fransiyada mashg‘ulot o‘tkazmoqda (video)

Sport

image

Ayni kunlarda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev mashg‘ulot jarayonlaridan videolavhalarni o‘z Instagram sahifasiga joyladi.

O‘zbekiston terma jamoasi joriy yining 1–14 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayapti. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolov ham yig‘inda faol ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston boks jamoasi Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘tkazilgan an’anaviy “Stranja” xalqaro turnirida ishtirok etgandi. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing