O‘zbekistonlik bokschilar harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jo‘nab ketdi

Sport

image

Joriy yilning 18-25 sentyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi. Bugun, 16 sentyabr kuni, ushbu turnirda qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Moskva shahriga jo‘nab ketdi.

Uyg‘un Siddiqov va Elshod Rasulov murabbiyligidagi O‘zbekiston boks terma jamoasi musobaqada 15 nafar charm qo‘lqop ustasi bilan ishtirok etadi.

  • 49 kg: Abdumajid Mannopov
  • 52 kg: Foziljon Abdumurodov
  • 56 kg: Samandar Xolmurodov
  • 60 kg: Shunqor Abdurasulov
  • 64 kg: Mujibillo Tursunov
  • 69 kg: Bilol Mirzarahimov
  • 75 kg: Nurislom Ismoilov
  • 81 kg: Shohrux Rustamov
  • 91 kg: Javohir Tog‘aymurodov
  • +91 kg: Laziz Mullajonov

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan Rayhona Qodirova ham harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘l oldi. 

  • 51 kg: Aziza Yoqubova
  • 57 kg: Sitora Turdibekova
  • 60 kg: Rayhona Qodirova
  • 69 kg: Navbahor Hamidova
  • 75 kg: Mavluda Mavlonova

Eslatib o‘tamiz, Bekjon Yusupov va Qahramon Karimov musobaqada hakam sifatida ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Bilolbek Mirzarahimov Elshod Rasulov Harbiylar o'rtasida Jahon chempionati

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing