O‘zbekistonlik bloger koronavirus yuqtirib olganidan xavotirlanib, tahlil topshirdi
Madaniyat-san’at
−
18 mart 2020
58300Instagram’da sal kam 900 ming obunachisiga ega bloger va kliplarda rol ijro etuvchi aktrisa Shahzoda Salimjonova koronavirusga chalinganlik tahlilini topshirdi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Bloger va modalar namoyishchisi bo‘lgan Salimjonova joriy yilning mart oyi boshlarida Yevropaning koronavirus eng urchigan mamlakatlari – Fransiya va Ispaniyaga safar qilgan. Uyiga qaytgach, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilganidan so‘ng, u infeksiyani yuqtirib olganini tekshirtirish maqsadida ko‘ngilli ravishda tahlil topshirgan. Buning uchun u Davlat sanitariya-yepidemiologiya nazorati markaziga murojaat qilgan.
“Soat kunduzgi 15:00 edi. Markazda odam gavjum edi. So‘rovnoma o‘tkazishdi. Qayerga borganim, kim bilan aloqada bo‘lganimni so‘rashdi. Burnimdan surtma olishdi. Shu xolos. Mana, oradan bir kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, haligacha javobini olmadim. Barcha qo‘ng‘iroqlarimga esa “biror narsa bo‘lsa o‘zimiz bog‘lanamiz”, deya javob berishdi. Tushunmadim, meni hech kim majbur qilmagandi. Do‘stlarim bunga oddiy munosabatda bo‘lishdi. Uyda esa onam, hatto, bundan ajablandi va tahlil topshirishni kim talab qilganini so‘radi. Men buni normal holat deb hisoblayman. Ota-onam tibbiyot xodimlari va shu sababli buni ijobiy qabul qilishdi”, deya Shahzodaning gaplaridan iqtibos keltirmoqda "Daryo" nashri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Virusni yuqtirib olgan ayol joriy yilning 11 mart kuni aynan Fransiyaning Parij shahridan qaytib kelgan. Ayni vaqtda mamlakatda ushbu virusni yuqtirib olganlar 15 kishini tashkil etmoqda.
LiveBarchasi