O‘zbekistonlik ayol bokschilar JCHda o‘z rekordini yangiladi
Sport
−
14 mart 2025 4949 1 daqiqa
Serbiyada davom etayotgan Jahon chempionati doirasida bugun, 14 mart kuni chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Bosqich yakunlariga ko‘ra, 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim final yo‘llanmasini hal etdi. Ushbu natija O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanadi.
Sababi, shu kungacha jahon birinchiliklarida eng yuqori natija faqatgina bitta bronza medali bo‘lgan. Bugungi bahslardan so‘ng 4 ta medalni naqd qilindi.
Elshod Rasulov boshchiligidagi jamoa a’zolari endi yarim final janglarida qatnashadi va medallar qiymatini oshirib olish uchun kurash olib boradi.
Final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik bokschilar:
-48 kg: Farzona Fozilova;
-50 kg: Sabina Boboqulova;
-52 kg: Feruza Kazakova;
-66 kg: Navbahor Hamidova.
Live
Barchasi