O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Osiyo o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi
Sport
−
25 Sentabr 2023
3551O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroklarini yakunladi. Sportchilar musobaqa davomida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, mazkur dasturda Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ jurnalisti xabar berdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturida Anna Prakaten oltin medalni qo‘lga kiritdi. Kumush va bronza medallari esa Xitoy hamda Yaponiya vakillariga nasib etdi.
M4 dasturida ishtirok etgan Shehroz Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha M4x dasturida startga chiqqan Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Sobirjon Safaraliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medal esa Hindiston jamoalariga nasib etdi.
LiveBarchasi