O‘zbekistonlik 50 kishini avtobusdagi yong‘indan qutqardi
Olam
−
02 dekabr 2019
10499Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Primorya tumani Olgina posyolkasi hududida yo‘nalishli avtobus yonib ketdi. Sankt-Peterburg Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in vaqtida avtobus salonida 50 nafar odam bo‘lgan.
Avtobus Zelenogorskga ketayotganda Primorya shossesida yonib ketgan. Haydovchi motor qismida tutunni ko‘rgach, avtobusni yo‘l chetida to‘xtatib, odamlarni tushirgan.
Yo‘lovchilar 43 yoshli o‘zbekistonlik haydovchining tezkorligi tufayli omon qoldi. 211-yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi soat 11:40 da “Chernaya rechka” metrosidan o‘tgan, soat 12:00 da avtobusning orqa qismida tutunni ko‘rgan. “Baltiyets” mehmonxonasi yaqinida to‘xtab, birdaniga 3 ta eshikni ochib, odamlardan tushishni so‘ragan.
Yong‘inda hech kim jabrlanmagan, yo‘lovchilar keyingi avtobusga chiqib yo‘lida davom etgan. Yong‘inni Rossiya FVV xodimlari o‘chirgan.
LiveBarchasi