O‘zbekistonlik 15 yoshli paralimpiadachi kumush medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
07 Sentabr
4549Fransiyada davom etayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining para yengil atletika bahslarida yana bir o‘zbekistonlik sportchi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturining final bellashuvida qatnashgan Shahina Yigitaliyeva 43,12 metr bilan ikkinchi o‘rinni band qildi va delegatsiyani medallar soni bo‘yicha yana oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, delegatsiya hisobidagi medallar hozirgacha 9 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi. Delegatsiya jami 23 ta medal bilan umumjamoa hisobida 12-o‘rinni band qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Shahina Yigitaliyeva delegatsiya tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008 yil 16 oktyabrda tug‘ilgan va ayni paytda 15 yoshda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpiada o‘yinlarining para dzyudo bahslarida o‘zbekistonlik Uchqun Quronboyev bronza medalni qo‘lga kiritgandi.