O‘zbekistonlik hojilar qachon qaytishi aytildi

Jamiyat

image

Ertaga, 12 iyun kunidan boshlab “Haj-2025” doirasida Saudiya Arabistoniga ziyorat qilish uchun jo‘nab ketgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ziyoratchilar Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz qiladi. 

Tashish ishlariga zamonaviy samolyotlar, malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 31 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Davlat rahbari Haj ziyorati uchun Makkai mukarramada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar uchun yaratilgan sharoitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida so‘ragandi. Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etish uchun barcha tashkiliy choralar ko‘rilganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Haj-2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing