O‘zbekistonlik hakamlar chorak finalning markaziy o‘yiniga tayinlandi

Sport

image

Parij shahrida o‘tkazilayotgan XXXIII yozgi Olimpiadaning futbol bahslarida chorak final bahslari boshlanmoqda. O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tanteshev boshchiligidagi hakamlar guruhi chorak final doirasidagi mezbon Fransiya va Argentina jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan bo‘ldi.

Tantashevga qanotlarda doimgidek hamyurtlari Andrey Sapenko va Temur Gaynullin yordam beradi. 

Qayd etish joiz, Tantashev guruhi bungacha Olimpiada doirasidagi Fransiya - Gvineya va Paragvay - Mali uchrashuvlarida ham ish olib borgan.

Ma’lumot uchun, Fransiya - Argentina uchrashuvi 3 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Bahsga Bordo shahridagi mahalliy stadion mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Il'giz Tanteshev Andrey Tsapenko Temur Gaynullin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing